Bu haqda Agence France-Presse xabar berdi.
Uning so'zlariga ko'ra, portlashlar oqibatida shahar dahalarida yong'in kelib chiqqan, 500 dan ortiq turar-joy binolari vayron bo'lgan. Shuningdek, “Arakan armiyasi” tomonidan nazorat qilinadigan Ramri orolidagi Kyauk Ni Mo aholi punkti ham aviahujumga uchradi, u yerda Myanma rasmiylari avvalroq Xitoy yordami bilan strategik ahamiyatga ega chuqur suv bandargohini qurishni rejalashtirgan edi.
2024-yil iyun oyidan beri hukumat kuchlariga qarshi davom etayotgan hujumda, Rakxayndagi ko'pchilik buddistlarning harbiy qanoti bo'lgan Arakan armiyasi strategik chegaradagi Maungdo shahrini egallab oldi va hozirda shtatning butun shimoliy qismini, shuningdek, Myanmaning Bangladesh bilan 271 kilometrlik chegarasini nazorat qilmoqda.
Rakxayndagi janglar va “Arakan armiyasi” hujumi Dakkada ko'proq zo'ravonlik ehtimoli va rohinja musulmon ozchiligiga tahdid solishi haqida xavotirlarni kuchaytirdi, ulardan 74,000 nafari 2017 yilda Bangladeshga qochib ketgan, ular noqonuniy muhojirlar hisoblanadi, deb xabar beradi tass.ru.