Bu haqda SABC radiosi Afrika Ittifoqining ixtisoslashgan tashkiloti – Afrika kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlarining so'nggi ma'lumotlariga tayangan holda ma'lum qildi.
“2024-yilning 1-yanvaridan buyon Afrikada mpox kasalligi bilan bog'liq 50 840 ta holat aniqlangan. O'lim ko'rsatkichi – 1 0832. 2023-yilning shu davriga nisbatan o'lim ko'rsatkichi 545 foizni tashkil etdi, deyiladi xabarda.
Markazlarning ma'lumotlariga ko'ra, o'tgan haftada Afrikada mpox kasalligi bilan bog'liq 2532 ta yangi holat qayd etildi, vafot etganlar soni 32 nafarni tashkil qildi, deb xabar beradi report.az.