“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bunga quyidagicha izoh berdi:

“Maʼlumki, temir yoʻl infratuzilmasini isloh qilish, elektr-energiya, yoqilgʻi, logistika va transport xarajatlarini qoplash, shuningdek, yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish, maqsadida 2024-yil 15-maydan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob” elektropoyezdlarining chiptalar narxlari ekonom klass - 20 foiz, biznes klass - 30 foiz va VIP klass - 40 foiz vagonlari uchun oshmoqda».

Shu hisobda yoʻnalishlar boʻyicha narxlar quyidagicha koʻrinishda boʻladi:

Toshkent — Buxoro

– VIP 890 000 soʻm;

– Biznes 600 000 soʻm;

– Ekonom 403 000 soʻm.

Toshkent — Qarshi

– VIP 747 000 soʻm;

– Biznes 507 000 soʻm;

– Ekonom 338 000 soʻm.

Toshkent — Samarqand

– VIP 554 000 soʻm;

– Biznes 358 000 soʻm;

– Ekonom 244 000 soʻm.