Eng mashhur romanlardan birining qayta nashri endi “Oʻnta negr bolasi” nomi bilan Fransiyada chiqarilmaydi.
RTL radiosining xabar berishicha, bu qarorni taniqli yozuvchining evarasi Jeyms Prichard qabul qilgan, u Agatha Christie Limited tashkilotiga rahbarlik qiladi.
Prichardning soʻzlariga koʻra, 2020-yilda haqorat sifatida qabul qilinishi mumkin boʻlgan soʻzlardan foydalanish mumkin emas va kelajakda u butun dunyo boʻylab asar nomini oʻzgartirishni rejalashtirmoqda.
“Kitob yozilayotgan paytda til boshqacha edi. Romanning dastlabki nomi AQSHda hech qachon ishlatilmagan, Buyuk Britaniyada 1980-yillarda uni qabul qilishmagan. Endi biz asar nomini butun dunyoda oʻzgartirmoqdamiz. Hatto bitta odam oʻzini kamsitilgan hisoblasa ham bu ortiqchalik qiladi”, deya izoh berdi Prichard.
Uning taʼidlashicha agar buvisi hayot boʻlganida asar nomi oʻzgarishini qoʻllab-quvvatlagan boʻlardi, chunki u kimdir azob chekishini xohlamasdi.
2020-yilning oktyabr oyida roman Fransiyada yangi - “Ular oʻn nafar edi” nomi bilan chiqadi.
Livre de Poche nashriyoti bosh ijrochi direktori Beatris Dyuval RTL bergan intervyusida Fransiya hozirgi kunda koʻpchilik tomonidan haqoratli deb topilgan Kristi romanini eski nomi bilan nashr etgan dunyodagi eng soʻnggi mamlakatlardan biri, chunki u hali ham 1940-yillarning tarjimasini maʼqul koʻrmoqda.
“Bu faqat roman nomini oʻzgartirish bilan bogʻliq emas, balki butun tarjimani, kitobning mazmunini yangi nomga mos ravishda oʻzgartirish kerak edi”, deb tushuntirdi Dyuval.









