Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijadorligi bilan yaqindan tanishish maqsadida amaliy tashrif bilan Samarqand viloyatida boʻlib turibdi.Vazir dastlab, Jomboy tumanidagi ““SAG AGRO” MChJ “Bogʻbon” agrokompleksiga qarashli “In vitro” laboratoriyasi faoliyati va suv tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishildi.
Laboratoriyada yongʻoq, bodom, shaftoli, gilos, oʻrik, nok va uzum, olma kabi mevali daraxtlarning turli kasallik va zararkunandalardan xoli boʻlgan hamda qurgʻoqchilikka chidamli, mahalliy turli iqlim sharoitiga mos navlarining klon payvandtaglari va payvandlangan koʻchatlarni yetishtirilmoqda. Muassasa jami 24 gektar yer maydoniga ega boʻlib, u yerda mamlakatimizda uchramaydigan 65 xil mevali daraxtlar koʻchatlari parvarish qilinmoqda.
Vazir oʻz navbatida laboratoriya imkoniyatlari bilan tanishar ekan, bugungi kunda agror soha taraqqiyoti bu kabi zamonaviy majmualarda yetishtirilgan mahsulotlarga chambarchas bogʻliq ekanini taʼkidladi. Misol uchun, mazkur laboratoriya bugungi kunda zaytun daraxti koʻchatini iqlimlashtirib, ekishga tayyor holga keltirgan. Surxon zaminida uni yetishitirish mumkinligi ilmiy asoslandi. Uzumning danaksiz navlari ham xuddi shunday bosqichda.
Ayni olimlar izlanishgi natijasida jahon talabiga mos meva beradigan koʻchatlar amaliyotga tadbiq etish borasida keng koʻlamli ishlar olib borilayotgani rost. Anor, shaftoli, nok kabi anʼanaviy mevalarning Gʻarb davlatlaridagi namunalari olib kelinib, kallibrovkasi katta, ozuqaviy qiymati yuqori hamda darmondorilarga boy navlarini seleksiya qilish, gibrid navlar ustida ilmiy izlanishlar olib borish jarayonlariga katta eʼtibor bilan yondoshilishi lozimligi I. Abdurahmonov tomonidan alohida eʼtirof qilindi.
Aytish oʻrinliki, Laboratoriya chet elning eng zamonaviy asbob-uskunalari bilan taʼminlangan boʻlib, hozirda 140 nafar ishchi mehnat qilmoqda. 2024-yilda toʻliq quvvat bilan ishlay boshlaydigan mazkur majmua yillik quvvati 20 mln. dona oʻsimlik koʻchatlari ishlab chiqarishni oʻz ichiga oladi.