Bu haqda Toshkent viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, Qibray tumanida joylashgan Toshkent davlat agrar universiteti hududida sodir boʻlgan yongʻin holati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi (Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 30-sentyabr kuni soat 20:10 da Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan Toshkent davlat agrar universiteti hududidagi binoda yongʻin sodir boʻlgan.

Yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 20:17 da hodisa joyiga yetib borib, yongʻin soat 21:36 da qurshab olingan va soat 22:10 da batamom oʻchirilgan.