Shu maʼnoda, yaqinda “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan 2025-yil yakunlari va 2026-yil ustuvor vazifalar yuzasidan tashkil etilgan taqdimot davomida keltirilgan raqam va faktlar, fikrlar moliya muassasasi jamoasiga yaxshi naf keltiradi, deyish mumkin.
Shunisi eʼtiborliki, bank faoliyatida oʻtgan yil juda samarali boʻldi. Xizmatlar koʻlami kengaydi, mijozlar ishlash jarayoni sifat jihatdan yanada yaxshilandi va tabiiyki, ajratilgan kerditlar hajmi ham sezilarli darajada koʻpaydi. Yil yakunlariga koʻra bank aktivlari 103,6 trln soʻmga yetib, bu borada mamlakatimiz bank tizimida ikkinchi oʻrinni egallagani, mazkur koʻrsatkich 2024-yilga nisbatan 24,2 trln soʻmga yoki 130 foizga oʻsgani fikrimiz tasdigʻidir. Bunday ijobiy oʻzgarishlar boshqa koʻrsatkichlarda ham yaqqol koʻzga tashlanadi. Jumladan, kredit qoʻyilmalar hajmi 81,1 trln soʻmni tashkil etib, 2025-yilda jami 42,2 trln soʻm kredit ajratildi. Shundan 23,1 trln soʻmi mikro, kichik va oʻrta biznes loyihalariga yoʻnaltirildi.
Mijozlar soni 7,4 million nafarga yetdi va bir yilda mijozlar soni 1,5 million nafardan oshdi.
Depozitlar hajmi 32,5 trln soʻmni tashkil etib, 2024-yilga nisbatan 13,3 trln soʻmga oʻsdi. Aholi omonatlari esa 15,9 trln soʻmga yetdi, bu bankka boʻlgan ishonch darajasining oshganini koʻrsatadi. Eʼtiborlisi, “Agrobank” 2025-yilda aholi omonatlari oʻsishi boʻyicha bank tizimida eng yetakchi boʻldi.
2025-yilda jismoniy shaxslarga 2,5 millionta bank kartalari emissiya qilinib, 12,7 trln soʻm chakana kredit ajratildi, shundan 2,8 trln soʻmi ipoteka kreditlariga toʻgʻri keladi. Chakana kredit portfeli 11,1 trln soʻmga yetdi.
Qishloq xoʻjaligi sohasini moliyalashtirish bank faoliyatining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Shundan kelib chiqib, mamlakatimizda yetishtirilgan paxta xom ashyosining 80 foizi, boshoqli don hosilining 95 foizi “Agrobank” tomonidan moliyalashtirildi. Paxta va gʻalla hosilini yetishtirish uchun jami 15 trln soʻmlik imtiyozli kredit mablagʻlari ajratildi.
Bugungi kunda qishloq xoʻjaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish oʻta muhim strategik ahamiyat kasb etmoqda. 2025-yilda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilish uchun 2,4 trln soʻm yoʻnaltirildi. Fermer xoʻjaliklarining ichki sugʻorish nasos agregatlarini quyosh panellari bilan taʼminlash uchun qariyb 1 trln soʻm moliyalashtirish amalga oshirildi.
Xitoydan 1 400 tonna yuqori sifatli paxta urugʻi olib kelinib, fermerlarga yetkazib berildi. Natijada hosildorlik 40–50 sentnerga yetdi.
“Mahallabay” ishlash tizimi doirasida bankka biriktirilgan 1 759 ta mahallada 5,3 trln soʻm kredit ajratilib, 501 ming nafardan ortiq aholining bandligi taʼminlandi.
Ayni paytda bankning 170 ta filiali, 38 ta bank xizmatlari markazi va 154 ta smart ofislarida aholi uchun qulay moliyaviy xizmatlar koʻrsatilmoqda.
Boshqaruv tizimini zamonaviylashtirish maqsadida transformatsiya jarayonlari davom ettirilib, 2025–2029-yillarga moʻljallangan strategiya ishlab chiqildi. “Mijozga yoʻnaltirilgan bank” konsepsiyasi asosida “Kaizen” yondashuvi joriy etildi.
Ijtimoiy loyihalar doirasida “Agrobooks” tashabbusi asosida suvdan oqilona foydalanishga bagʻishlangan 30 ta metodik qoʻllanmadan iborat “Suv kitobi” toʻplami nashr etilib, fermerlarga bepul tarqatildi.
Hozir bankning “yagona xizmat koʻrsatish tizimi” orqali mijoz haqidagi 30 ga yaqin maʼlumotni inson omilisiz avtomat ravishda Elektron hukumat tizimlaridan olinishi yoʻlga qoʻyildi.
Kreditlash jarayonini tezkor amalga oshirish maqsadida avtomatlashtirilgan kredit konveyerni joriy etildi. Bunda jismoniy shaxslar uchun arizadan to kredit ajratishgacha boʻlgan vaqt 10 - 12 daqiqagacha qisqardi, barcha kredit hujjatlari elektron asosda imzolash–tasdiqlash–skoring yaʼni qaror qabul qilish jarayonlari toʻliq avtomatlashtirildi.
Bankning yuridik mijozlariga ommaviy bank xizmatlarini masofadan koʻrsatish maqsadida yangi “Agrozamin biznes” ilovasi va veb-platformasi ishlab chiqildi va bosqichma-bosqich joriy etish ishlari boshlandi.
2025 yildan bankda “Agile” transformatsiya jarayonlari boshlandi. Bunda asosiy maqsad mijozlar talablarini doimiy oʻrganish va bank mahsulotlarini doimiy takomillashtirib borishdir.
Yana bir ustuvor yoʻnalishlardan biri – 2025-yilda bankda “Sunʼiy intellekt loyiha ofisi” tashkil etildi. Loyiha ofisining asosiy maqsadi bank faoliyatida va qishloq xoʻjaligida zamonaviy sunʼiy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqish.
Shuningdek, joriy yilda qilinadigan ishlar ham kam emas. Xususan, 2026-yilda iqtisodiyot tarmoqlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida jami 56,2 trln soʻm kredit ajratish rejalashtirilgan. Bu oʻtgan yilga nisbatan qariyb 14 trln soʻmga koʻpdir. Shundan 23 trln soʻm mikro, kichik va oʻrta biznes loyihalariga yoʻnaltiriladi.
Xorijiy banklar va moliya institutlaridan 600 mln AQSH dollari mablagʻ jalb qilish, hududiy dasturlar doirasida 579 ta loyiha uchun 116,3 mln dollar kredit ajratish belgilangan. “Mahallabay” tizim doirasida 1 759 ta mahallada 2,8 trln soʻm kredit ajratilib, 210 ming nafardan ortiq aholi bandligi taʼminlanadi. Shuningdek, oliy taʼlim muassasalarini tamomlagan 3,6 ming nafar bitiruvchilar ish bilan taʼminlanadi.
Qishloq xoʻjaligida Uzun tumanida 50 gektar maydonda xurmo va anjir, Baxmal tumanida 123 gektar maydonda olma va nok yetishtirishdan tortib eksportgacha boʻlgan barcha bosqichlarni qamrab olgan zamonaviy agrokomplekslar tashkil etiladi.
Suv tejovchi texnologiyalar va ichki sugʻorish nasos agregatlariga quyosh panellarini joriy etish uchun 2,6 trln soʻm kredit yoʻnaltiriladi. Shuningdek, “Suvchilar maktabi” doirasida 141 ta tumanda 3,5 ming gektar maydonda zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar qoʻllaniladigan “Tajriba maydonlari” tashkil etiladi. Shu bilan birga 10 ming nafar fermer va mutaxassislar oʻqitilishi ham rejalashtirilgan.
Shu paytga qadar fermer xoʻjaliklarining paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirishida ekin holatini anʼanaviy tarzda monitoring qilinayotgan boʻlsa, bosqichma bosqich bu amaliyotlar, kosmik suratlar va dronlar yordamidagi masofaviy monitoringga oʻtkaziladi. Qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida raqamli mahsulotlarni kengaytirish, shu jumladan sunʼiy intellekt va big-data texnologiyalari asosida yangi xizmatlarni ishlab chiqish 2026-yildagi ustuvor vazifalardan boʻlib qoladi.
“Agrobank” kelgusida ham moliyaviy xizmatlar sifatini oshirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, qishloq xoʻjaligi va hududlar iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan faoliyatini izchil davom ettiradi.
“Agrobank” ATB matbuot xizmati