Farmonga muvofiq, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash boʻyicha quyidagi kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi:
- har bir oilaviy poliklinikalar va koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarda mobil guruhlar tashkil qilinadi hamda ular uchun soddalashtirilgan yoʻriqnoma ishlab chiqiladi;
- laboratoriya tekshiruvi amaliyotiga xususiy sektorni jalb qilgan holda ekspress-test va immunoferment tahlili usullari kiritiladi;
- aholi tomonidan murojaat qilinganda hamda ularda kasallik belgilari aniqlanganda tezkorlik bilan koronavirus infeksiyasiga tahlil olish va tahlil natijalarini 3 kunlik muddatda ularni shaxsiy telefon raqamlari orqali xabardor qilish choralari koʻriladi;
- tibbiyot muassasalari oʻrtasidagi axborot almashish tizimi soddalashtiriladi – hisobotlar turi, davriyligi va boshqa qogʻozbozliklar bilan bogʻliq jarayonlar elektron tizimga oʻtkaziladi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.