Aholiga imtiyozli narxda sotish uchun ajratilgan koʻmir talon-toroj qilindi

    851 ta xonadonga imtiyozli narxda sotilganligi toʻgʻrisida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, amalda koʻmirni qimmat narxlarda boshqa shaxslarga naqd pulga sotib yuborgan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Koʻmir taʼminot” MCHJning Zarbdor koʻmir ombori mudiri B.B va boshqalar aholiga imtiyozli narxda sotish uchun ajratilgan 2 346 tonna koʻmirni goʻyoki tumandagi 851 ta xonadonga imtiyozli narxda sotilganligi toʻgʻrisida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, amalda koʻmirni qimmat narxlarda boshqa shaxslarga naqd pulga sotib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.