– Shu yil 20-martga qadar Toshkent viloyatida koronavirus infeksiyasi klinik aʼlomatlari kuzatilayotgan fuqarolar Zangiota tumani xududida joylashgan Zangiota- 1 va Zangiota -2 koʻp tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanib kelmoqda.
2020-yil 15-martdan beri 130 nafar bemor vafot etgan, hozirgacha 15 ming 681 nafar bemor sogʻayib chiqqan. Afsuski joriy yilning 14-martda COVID-19 bilan kasallangan bemorlar 12 , 15-martda 4 nafar , 16-martda 18 nafar, 17-martda 8 nafar, 18-martda 13 nafar, 19-martda ham 10 nafar bemor aniqlandi. Ayni paytda 7 nafar koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlar Zangiota- 1 va Zangiota -2 koʻp tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda.
Qolganlari 93 nafar bemorga uy sharoitida davolanish tavsiya etilgan. Ular shifokorlar nazoratida.
Koronavirus infeksiyasi gumon qilingan va bemorlar bilan kontaktda boʻlgan fuqarolar uchun 60 mingdan ortiq dori toʻplamlari mavjud.
Shahar va tumanlar kesimidakoʻrib chiqiladigan boʻlsak 6 kun mobaynida asosan Toshkent va Qibray tumanlarida 14 nafardan, Oʻrtachirchiq tumani va Nurafshon shaxrida 5 nafardan, Chirchiq shaxrida 9 nafar, Zangiota tumanida 4 nafarni tashkil qiladi.
Shuni ham aytish kerakki, aholi uchun “xavotirlanishga oʻrin yoʻq” degan gapni faqat tibbiy muassasalarning va shifokor kadrlarning tayyorgarlik darajasiga nisbatan ishlatish mumkin. Chunki viloyat boʻyicha oʻtgan yilgi tajribadan soʻng bemorlarni yotqizish uchun jami 970 oʻrin; jumladan birinchi bosqichda 340 oʻrin, ikkinchi bosqichda 470 oʻrin. uchinchi bosqichda 160 zaxira oʻrin tayyor xolga keltirilgan. (Avvalo, buncha sonda bemor boʻlmasin, deya niyat qilamiz). Oʻrinlarning 315 ta kislorod nuqtalari bilan taʼminlangan. Bundan tashqari, COVID-19 kasalligini boshidan oʻtkazgan fuqarolar uchun tibbiyot muassasalarida 330 ta reabilitatsiya oʻrinlari mavjud. Kasallarni davolash uchun ishlatiladigan 49 turdagi jami 2 mlrd 908 miln soʻmlik dori vositalari zaxirada turibdi.
Aholiga esa “xavotirlanishga oʻrin yoʻq” deya olmaymiz. Chunki, beparvolik, xotirjamlik infeksiyaning yana tarqalishiga olib kelishi mumkin. Karantin yumshatilgan, lekin bekor qilingani yoʻq. Shuning uchun fuqarolardan niqob taqib yurish, antiseptik vositalardan foydalanish, joylarda odamlar orasida masofani saqlash talab etiladi. Oʻzini asraganni xudo asraydi, degan hikmatni unutmaslik kerak.
Shu oʻrinda, jamoatchilik vakillaridan ham, ayniqsa, mahalla, maktab, bogʻcha va boshqa muassasalar rahbarlaridan koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish uchun oʻz nazoratlari ostidagi joylarda eʼtiborni yana bir karra oshirishlarini soʻrar edik. Kirish joylarida dezinfeksiya, tana haroratini oʻlchab koʻrish ishlari davom etishi kerak.
Beparvolik – yomon oqibatlarning boshi. Ahvol yomonlashuvidan saqlanish uchun hushyorlikni boy bermaslik lozim. Doim taʼkidlaganimizdek, kasallikni davolashdan koʻra oldini olgan afzalroqdir.