Yuqori Chirchiq tumani “Fayzobod” mahallasida yashovchi fuqaroning hovlisidan 5 bosh qoʻylar nomaʼlum shaxslar tomonidan oʻgʻirlab ketilgan edi. Mazkur holat shu vaqtning oʻzida IIB nazoratiga olinib, surishtiruv ishlariga kirishilgan.
Oradan 4 kun oʻtib, ushbu mahallaning “Qaytmas” koʻchasida yashovchi yana bir fuqaro xonadonidan ham yuqoridagi kabi 4 bosh qoʻylar va 2 bosh buzoq oʻgʻirlangani haqida tezkor xabar olingan.
Hududda oʻtkazilgan oʻrganishlar va tezkor surishtiruv tadbirlari davomida ushbu ikki jinoyatni 20-25 yoshlar orasidagi 6 nafar shaxslar sodir etganligi aniqlanib, ular protsessual tartibda ushlangan, deya xabar beradi Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati.
"Holat yuzasidan dastlabki tergov jarayonida, birinchi holat boʻyicha fuqaroga yetkazilgan 15 mln soʻm moddiy zarar undirib berilishiga erishilgan boʻlsa, ikkinchi holatda oʻgʻirlangan 4 bosh qoʻy va 2 bosh buzoq jabrlanuvchiga qaytarilishi taʼminlandi.
Hozirda ushlangan shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi, 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, deyiladi xabarda.