Ahamiyatli jihati shundaki, Birlashgan kurash dunyosi (UWW) vitse-prezidenti Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi oʻrinbosari Ahroljon Roʻziyev Qozogʻistonning yuqori darajadagi “Chingizxon” ordeni bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi Birlashgan kurash dunyosining Osiyo mintaqasi rahbari tomonidan delegatsiyamizning litsenzion turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etgani, qitʼada mazkur sport turini targʻib qilishda qoʻshayotgan munosib hissasi uchun maxsus sovrin bilan taqdirlandi.
Fursatdan foydalanib, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi va Ahroljon Ahmedovichni yuksak mukofot hamda eʼtirof bilan muborakbod etadi.