Gurunglarning birida kimdirMening bobom ot sotuvchi bo‘lgan yoki bobomning suruv-suruv qo‘ylari bor edi”, deb maqtanib qolsa, unga havasingiz keladi. Xo‘sh, mening ajdodlarim kim bo‘lgan, qanday yashagan  deb o‘zingizga savol berasiz. Bu savol sizni tinch qo‘ymaydi, fursat topib, keksa kishilardan surishtirasiz, javob topsangiz, eshitganlaringizni bolalaringizga, nabiralaringizga so‘zlab berasiz.

Ammo javob topmasangiz nima qilasiz? Maktabda o‘qiydigan nabirangizning Tarix kitobini titkilab ko‘rasiz. Qadimgi Rim, Yunon, Misr tarixiga oid rangli suratlarni hayrat bilan tomosha qilib, tarixiy ma’lumotlarni o‘qib chiqasiz. Ammo negadir qoniqmaysiz, o‘zingiz istagan narsani topolmaysiz.

Qishlog‘ingizning kunbotarida baland tepalik bor. U sizga bolalikdan tanish, necha bor ustiga chiqib o‘ynagansiz, atrofida qoy-qo‘zi boqqansiz. Lekin bu qanday tepalik ekanini bilmaysiz. Ajdodlarimiz esa tepaliklarga Qiztepa, Jangaltepa, Bo‘ritepa deb ajabtovur nomlar qo‘ygan.

O‘tgan asrning 90-yillari edi. Oqsoqol yozuvchi, O‘zbekiston Qahramoni Said Ahmad vohamiz ijodkorlari bilan uchrashuvdan so‘ng e’lon qilgan “Turna qo‘ngan qirlarda” maqolasida “Qashqadaryo shunday makonki, uning qirlari, tepaliklarida yonboshlab olib qissa va romanlar  yaratsa bo‘ladi”, deb yozganini o‘zim  o‘qiganman. Bu bilan ko‘pni ko‘rgan va bilgan adib vohamizning hali o‘rganilmagan o‘tmishiga ishora qilgandir balki.

Rahmatli Bibisora ammам aytardi:

— Qiziltepadа qirq malak yashiringan. Yarim kechada tuynuk ochilib, qizlar tashqariga chiqadi. Gulxan yoqib, o‘yin-kulgi qiladi, tong oqarishi bilan yana mаkonlariga berkinib oladi. Ularni ko‘rgan odam yo jinни, yoki devona bo‘ladi.

Bu yillar davomida og‘izdan og‘izga o‘tib kelgan bir afsona, albatta.

Tarixchi olim Poyon Ravshanov Qiziltepa haqida yozar ekan, bu tepalikda topilgan ashёlar orasida ayollarning usma qo‘yadigan mitti idishlari va boshqa pardoz buyumlari borligini e’tirof etgan. Bir necha yil tepalik atrofida qoy boqib cho‘ponlik qilgan Ravshan bobo esa u yerda olov yolqиниni ko‘rganini va ovozlar eshitganini hamon gurunglarda hayratlanib so‘zlab yuradi.

— Elliginchi yillarning oxiri edi. Maktabni tugatgandim. Chimqo‘rg‘on suv ombori qurilishi tufayli qishlog‘imiz aholisini Jonbo‘zsoyga ko‘chirish boshlandi. Tepaliklarni va boshqa tarixiy joylarni o‘rganish uchun poytaxtdan shoshilinch ravishda qadimshunos olimlar kelib, ishga kirishishdi. Qazish ishlarida men ham ikki yil qatnashdim. Guruh rahbari Sergey Kabanov bilimdon, ajoyib inson edi. Eh, bu tepaliklardan yashik-yashik buyumlarni topib jo‘natganmiz. Sopolдан yasalgan har xil uy-rojg‘or buyumlari, loydan turli hajmdagi haykallar, qadimgi tangalar, qurol-aslahalar topganmiz. Jangaltepadan esa katta bir oilaning yaxshi saqlangan tobutlari ­chiqqandi, — deb so‘zlaydi keksa muallim Hasan Ravshanov.

Esaboy qishlog‘ida yashovchi Said muallimning uyida mehmonda edik. Suhbatimiz aylanib, qishloq yaqinidagi Quloqlitepaga taqaldi. Said muallim bunday dedi:

— Quloqlida sir-sinoat ko‘p. Ko‘pchilik bu yerdan yana yuz yil ham foydalansa bo‘ladigan ko‘zalar, humlar topib olib, hamon ishlatib yurishibdi. Bundan tashqari, bu tepalik ichida kutubxona bo‘lsa kerak. Chunki  tepalikning bir tomoni daryoga tutashgan qiyalik. Qushlarning in qo‘yishi uchun behavotir joy. Qushlar uyalariдан арабийmi, forsийми yo boshqa harflarda bitilgan varaqlarni chiqarib daryoga tashlayди. Ba’zi odamlar bu qog‘ozlarni topib olib, “tillari o‘tmagach” tashlab yuborishgan. Balki yo‘qolgan Ulug‘bek xazinasini Ali Qushchi shu yerga berkitib ketgandir...

Kunlarning birida manbashunos olim Abdusattor Jumanazarovning  2007 yilda chop etilgan “Nасаф” kitobi qo‘limga tushib qoldi. Avvalo, muallifning asarni sodda, ommabop qilib yozgani diqqatimni tortdi.

Kitobning eng qiziqarli bobi ­“Niyoza” deb nomlangan edi. Bu tarixiy maskan Nasaf viloyatining sharqiy qismiga qarashli bo‘lgani, bu joydan bir necha olim va adib yetishib chiqqani aytilib, ularning ism-­shariflari keltirilgan.

Buni qarangki, biz yuqorida tilga olgan Quloqlitepa aslida o‘tmishda Niyoza deb nomlangan bo‘lib, bu tanikli qadimshunos olim M.E.Massон, rus harbiy sayyohi
B.Litvinov tomonidan 1911 va 1916 yillardagi hujjatlarda qayd etilgan. Tepalik yer sathidan 25-30 metr balandda joylashgan bo‘lib, 6-7 gektar maydonni egallagan...

Ha, yurtimizning istalgan joyiga borsangiz, albatta, tariximizga daxldor joyga duch kelasiz. Bu makonlarning ko‘pchiligi ilmiy jihatdan hali o‘rganilmagan. Tadqiqotlar olib borilgan makonlardan esa nimalar topilgan, ularning tarixiy ahamiyati qancha, bundan ko‘pchilik bexabar. Bu joylarni o‘rgangan olimlarning asarlarи esa tor doi­rada tarqatilgan va aksariyati rus tilida yozilgan.

Shu o‘rinda bir mulohaza yuritsak. Yurtimiz tarixiga oid ommabop kitoblar nega maktab va oliy o‘quv yurtlarida o‘rganilmaydi. Agar shunday xayrli ishlar amalga o‘shirilsa, yoshlar tariximizni yaxshiroq biladi va vatanimizga mehr-muhabbati, qiziqishi yanada ortishi tayin.

Misrliklar ajdodlari yaratgan ehromlari bilan necha asrlardan buyon dunyo ahлини hayratga solib kelmoqda. Bizning ajdodlarimizdan qolgan haybatli tepaliklar ham o‘zining sir-sinoati va uzoq kechmishi bilan Misr ehromlaridan aslo kam emas. Ularni o‘rganish, tarixini tadqiq etish vaqti yetdi. Shunday emasmi?

O‘rolboy QOBIL,

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi