Akademiyaning biryo'la ikki talabasi Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga munosib ko'rildi

    Vatanimiz ravnaqi yo'lida bor kuch-g'ayrati, zamonaviy bilim va malakasi, ma'naviy-intellektual salohiyatini namoyon etib kelayotgan bir guruh qizlar orasida Toshkent tibbiyot akademiyasining ikki nafar talabasi ham borligi bir OTM jamoasini g'ururlantirdi.

    Bugun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlash to'g'risida”gi qarori e'lon qilindi.

    Vatanimiz ravnaqi yo'lida bor kuch-g'ayrati, zamonaviy bilim va malakasi, ma'naviy-intellektual salohiyatini namoyon etib kelayotgan bir guruh qizlar orasida Toshkent tibbiyot akademiyasining ikki nafar talabasi ham borligi bir OTM jamoasini g'ururlantirdi.

    Katta ilmiy-pedagogik jamoa va ko'p ming sonli talabalar Muhayyoxon Ahmadjonova (Namangan viloyati) hamda SHahzoda Hakimova (Qashqadaryo viloyati)ni ushbu mukofot bilan muborakbod etadi, deyiladi akademiya axborot xizmati xabarida.