Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyoʻl shahar boʻlimi tomonidan “Oʻzmilliy bank” AJning Yangiyoʻl filialining murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Yangiyoʻl filiali bosh hisobchisi J.M. kredit mablagʻlarini oʻzlashtirish maqsadida, akasi J.ning nomiga “Z.B.” MCHJni tashkil qilib, 11 nafar fuqaroning nomiga kredit hujjatlarini rasmiylashtirib, ularga ajratilgan 754 mln soʻmni dastlab “Z.B.” MCHJ hisob-raqamiga va u orqali plastik kartaga oʻtkazib, taron-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 179-moddasi (soxta tadbirkorlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.