Uchrashuv doirasida “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi rais oʻrinbosari Baxtiyor Muhammadsaidov Oʻzbekiston Respublikasi toʻqimachilik hamda paxta-toʻqimachilik klaster tizimida amalga oshirilayotgan jadal oʻzgarishlar shu bilan birga davlat tomonidan belgilangan imtiyozlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

Shu jumladan, hozirgi vaqtga kelib, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoat mahsulotlari eksportini amalga oshiruvchi davlatlar orasida yurtimiz yuqori reytingda turganligi va eksport tovarlar nomenklaturasida ip-kalavadan tortib to tayyor mahsulotgacha boʻlgan jarayonlarni oʻz ichiga olganligi alohida taʼkidlandi.

“AKD GROUP HOLDINGS” kompaniyasi tomonidan Nazir Rizvon Xoshimi Pokiston davlatining ekspertlari Oʻzbekiston Respublikasi bozor iqtisodiyoti muhitini oʻrganib chiqib bir qancha xulosalarga kelganligini maʼlum qildi.

Pokiston hukumati hamkorlik munosabatlarini kuchaytirish maqsadida “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasiga bir qancha istiqboli takliflar kiritdi, jumladan ikki davlat tadbirkorlari oʻrtasida Sanoat Kooperatsiyasi tashkil etish taʼkidlab oʻtildi. Oʻzbekiston hududida tayyor gazlama, ip kalava va boshqa toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarib, Pokiston davlatiga eksport qilish, boʻyash va tayyor kiyim holatida Oʻzbekiston va Pokiston qoʻshma brendi ostida tayyor kiyimlarni Pokistoning GSP+ tizimidan foydalangan holda dengiz yoʻli bilan Yevropa bozoriga chiqish takliflarini maʼlum qildi.

Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan yarim tayyor matolarni (boʻz, gazlama) Pokiston import qilib, soʻng yarim tayyor matolarga qayta ishlov berib, Yevropada mashhur shim ishlab chiqaruvchi brendlariga yetkazib berilayotganligi maʼlum qilindi, shu sababli, yarim tayyor matolarga ishlov berish texnikasini Oʻzbekistonda yana-da jadallashtirish lozimligi haqida takliflar berildi, deb xabar beradi “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi matbuot xizmati.