Tashrif chog‘ida AKT vaziri Sh. Shermatov IT Park filialining taqdimoti va kelgusidagi rejalari bilan tanishdi. Shuningdek, u yerdagi o‘quvchilar bilan yaqindan suhbatlashib, yaratilgan qulayliklar hamda mavjud muammolar to‘g‘risida fikrlar almashildi.
Muloqot davomida ularning takliflari so‘raldi. O‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirish, IT yo‘nalishida yetuk kadr bo‘lib yetishishlari uchun yetarlicha bilimlarga ega bo‘lish zarurligi ta’kidlandi.
Mazkur uchrashuv vazir va yoshlar o‘rtasida savol javob bilan yakunlandi.