Vazirlik axborot xizmati xabar berishicha, uchrashuvda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Sodiqov ishtirok etdi.
Yigʻilish chogʻida axborot texnologiyalari, telekommunikatsiyalarni rivojlantirish hamda eng yangi texnologiyalarni joriy etish masalalari va kelgusidagi hamkorlikni rivojlantirishning harakatlar rejasi boʻyicha fikr almashildi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yoʻnalishlar, hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.
“OMKONTROL” — Rossiya bozoridagi yirik infratuzilma va ijtimoiy obektlarni boshqarish boʻyicha yetakchi kompaniyalardan biri. Kompaniya tomonidan qator xizmatlar koʻrsatiladi, jumladan maxsus dasturiy mahsulotlarni joriy etish va texnik yordam taqdim etishdan boshlab obyektlarga muhandislik xizmat koʻrsatish.