Aksiyadorlar diqqatiga!

    “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan “Oʻzbekneftgaz” AJ va unga qoʻshilgan jamiyatlarning aksiyadorlariga 2018–2022-yillar yakunlari boʻyicha hisoblangan, biroq talab qilib olinmagan dividend mablagʻlarini toʻlab berish ishlari davom etmoqda.

    Talab qilib olinmagan dividendlar jamiyat aksiyadorlarining reyestrida aksiyadorlarning bank rekvizitlari mavjud boʻlmaganligi sababli yuzaga kelgan.

    “Oʻzbekneftgaz” AJ oddiy aksiyalariga ega yagona aksiyadorining 2025-yil 15-apreldagi qaroriga muvofiq 2023-yil yakuni boʻyicha dividendlarni toʻlash hamda qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddat oʻtgach, 2018-yil yakuni boʻyicha hisoblangan, biroq uning egasi yoki uning qonuniy huquqiy vorisi yohud merosxoʻri tomonidan 3-yil davomida talab qilib olinmagan dividendlar “Oʻzbekneftgaz” AJ ixtiyorida qoldirilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

    Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida” gi Qonunining 51-moddasiga muvofiq egasi yoki egasining qonuniy huquqiy vorisi yoxud merosxoʻri tomonidan uch yil ichida talab qilib olinmagan dividend aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra jamiyat ixtiyorida qoladi.

    Taʼkidlab oʻtish joizki, “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan aksiyadorlar tomonidan dividendlarni olish uchun oʻz rekvizitlarini taqdim etilishi zarurligi, aks holda talab qilib olinmagan dividendlar “Oʻzbekneftgaz” AJ ixtiyorida qoldirilishi choralari koʻrilishi toʻgʻrisida eʼlonlar berilgan.

    Shunga koʻra, dividendlarni oʻz vaqtida olish maqsadida, aksiyadorlardan (ularning vorislari yoxud merosxoʻrlari) “Oʻzbekneftgaz” AJning Korporativ munosabatlar departamentiga murojaat qilishlarini, bunda aksiyadorning bank rekvizitlari (plastik kartaning raqami, amal qilish muddati va tranzit hisob raqami, bank STIR raqami va kodi) va pasport nusxasini taqdim etilishini soʻraymiz.

    Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun “Oʻzbekneftgaz” AJ Korporativ munosabatlar departamentiga murojaat qilish mumkin.

    Manzil: 100125, Toshkent shahri, Doʻrmon yoʻli 2-berk koʻcha, 143-uy;

    Telefon: (+998 71) 231-13-96; (+998 71) 207-27-72 (ichki raqam: 2064, 2067);

    Elektron pochta manzili: kans@ung.uz.

    Reklama