Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman boʻlimi tomonidan DSI xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.N. fuqaro M.ga xorijda ishlab chiqarilgan 3 xil turdagi jami 1 980 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini 3 200 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.