Xususan, Al Dahra (BAA) kompaniyasi bilan muzokaralar oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi sohasida yirik sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama etildi.

Respublikaning qishloq xoʻjaligi sohasidagi salohiyati bilan atroflicha tanishish va istiqbolli investitsiya loyihalari portfelini kelishish maqsadida joriy oyda BAA kompaniyasi delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish boʻyicha kelishuvlarga erishildi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.