Unga ko'ra, Isroilning G'azo shahriga bergan zarbasi oqibatida fotojurnalist Muhammad Abu Al-Auf, uch nafar tibbiyot xodimi halok bo'lgan. Marhum fotomuxbir Falastin anklavidagi bir qancha ommaviy axborot vositalarida ishlagan.

G'azo hukumati matbuot xizmati “Isroil bosqinchilari tomonidan falastinlik jurnalistlariga muntazam hujumlari va o'ldirilishini keskin qoralaydi”, deb yozadi Al Jazeera.

18-mart kuni Isroil armiyasi G'azo sektorida harbiy amaliyotlarni davom ettirib, anklavga kuchli zarbalar berdi va shu tariqa joriy yilning yanvar oyida o'rnatilgan sulhni buzdi. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning idorasi buni Falastinning HAMAS radikal harakati vositachilar va AQSh Prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoffning muzokaralar chog'ida ilgari surilgan takliflarni rad etishi bilan izohladi va bu operatsiyadan maqsad barcha garovga olinganlarni ozod qilish ekanini aytdi. Radikallar harbiy harakatlarni qayta boshlaganlik bo'yicha javobgarlikni Isroil va AQShga yukladi, deb xabar beradi tass.ru.