Qayd etilishicha, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga buyuk olim Ali Qushchining oʻgʻli Qozi Abdurahmon qalamiga mansub “Ravnaq-ul boʻston” asarining faksimile nusxasi olib kelindi.

Ushbu asarning asl nusxasi Ayo Sofiya kutubxonasida saqlanmoqda.

Kitob Markazga Istanbul universiteti professori Emek Ushenmez tomonidan taqdim etildi. “Ravnaq-ul boʻston“ bogʻdorchilikka bagʻishlangan boʻlib, unda mevalarni yetishtirish, saqlash va nihollarni parvarishlash boʻyicha qimmatli tavsiyalar berilgan.