Sud tomonidan qarzdor R.B. undiruvchi D.K. foydasiga 2 nafar farzandining voyaga yetguniga qadar moddiy taʼminoti uchun har oydagi daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment pulini toʻlab borishi belgilangan.
Ammo R.B. farzandlarini moddiy taʼminlashdan qasddan boʻyin tovlab kelgan. Oqibatda, qarzdorlik 18,8 mln soʻmga yetgan.
Shundan soʻng, R.B. aliment pullarini toʻlaganligi haqida qalbaki tilxat tayyorlab, davlat ijrochisiga taqdim qilgan.
Holat yuzasidan Majburiy ijro byurosi Xiva tuman boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismi, 228-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Xiva tuman sudida ushbu jinoyat ishi koʻrib chiqilib, R.B. 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.