Ssenariy muallifi Furqat Usmonov, postanovkachi rejissyor Shohrux Rasulov, postanovkachi operator Jahongir Ibragimov, postanovkachi rassom Shahzod Muhammadiyev, ikkinchi rejissyor Muattar Mirredjabova, prodyuser Davronxoʻja Abdugʻaniyev.
“Alisher Navoiy” tarixiy hujjatli filmi Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligi munosabati bilan mutafakkir shaxsi va asarlariga yangicha yondashuv asosida ishlanmoqda. Mazkur film “Xalq yuragi” nomi ostida suratga olinayotgan 24 qismli turkum filmlardan biri.
Filmda tarixiy badiiy rekonstruksiya, kompyuter grafikasi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti vakillari, navoiyshunos olimlar bilan intervyulardan foydalaniladi. Suratga olish ishlari Buxoro, Samarqand, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
2020-yil yosh rejissyor Shohrux Rasulovning Adiblar xiyoboni haqidagi “Xalq yuragi” hujjatli filmining yurtimiz telekanallaridagi namoyishi boʻlib oʻtgan edi.
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati