Quyida mazkur davlatlarning roʻyxati eʼtiboringizga havola etiladi:

  • Oʻzbekiston: Toshkent shahrida Alisher Navoiy haykali mavjud.
  • Tojikiston: Dushanbe shahrida Navoiy haykali qad rostlagan.
  • Turkiya: Anqara shahrining Kechioʻren tumanida Navoiy haykali oʻrnatilgan.
  • AQSH: Vashingtondagi kutubxonada Navoiy yodgorligi bor.
  • Yaponiya: Tokio shahridagi Soka universiteti hududida Alisher Navoiy haykali oʻrnatilgan.
  • Xitoy: Shanxay shahrida Navoiy haykali mavjud.
  • Janubiy Koreya: Poytaxt Seulda Navoiyning byusti oʻrnatilgan.
  • Qozogʻiston: Ostona shahrida Navoiy haykali joylashtirilgan.
  • Belarus: Minskda buyuk shoirning yodgorligi mavjud.
  • Rossiya: Moskva shahrida Navoiy haykali mavjud.

Shu bilan birga, Ozarbayjonning Boku, Turkmanistonning Ashxobod, Afgʻonistonning Mozori-Sharif va Hirot hamda Oʻzbekistonning koʻplab hududlarida hazrat Navoiyning haykali va yodgorliklari mavjud.