Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi va energetika vazirligi rahbariyati, Rowing&Canoe federatsiyasi Ijroqo'm a'zolari va murabbiylar ishtirok etishdi. Tadbirda kun tartibiga qo'yilgan asosiy masala federatsiya raisi Ahmedov Xudoyor Mamajonovichning o'z xohishiga ko'ra lavozimidan bo'shash to'g'risidagi arizasini ko'rib chiqish, X.Ahmedov o'rniga yangi rahbar va unga o'rinbosarlar saylash, Ijroqo'm tarkibini qayta ko'rib chiqish bo'ldi.
Yig'ilish ishtirokchilari bir ovozdan X.Ahmedovning arizasini qabul qilishdi. O'z o'rnida Xudoyor Mamajanovich salomatligi bois federatsiya faoliyatini boshqarishga vaqt ajrata olmayotgani, ortda qolgan 2 yildan ko'proq vaqt davomida olib borilgan hamjihatlikdagi ish uchun tashakkur aytib o'tdi. SHundan so'ng federatsiya raisligiga O'zbekiston energetika vaziri Sultanov Alisher Saidabbasovich nomzodi qo'yildi. Yig'ilish ishtirokchilari bir ovozdan A.Sultanov nomzodini qabul qilishdi va Alisher Saidabbasovich O'zbekiston Rowing&Canoe federatsiyasining yangi raisi etib saylandi.