Londonda “Katta dubulgʻa” turkumiga kiruvchi Uimbldon-2023 turniri nihoyasiga yetdi. Finalda jahonning birinchi raketkasi ispaniyalik 20 yoshli Karlos Alkaras va turnirning 7 karra gʻolibi Novak Jokovich toʻqnash keldi. 4 soat 43 daqiqa davom etgan hal qiluvchi bahsda Karlos 3:2 hisobida gʻolib chiqdi.
Shunday qilib Alkaras oʻz faoliyatida “Katta dubulgʻa” turkumidagi ikkinchi sovringa ega boʻldi. U oʻtgan yil AQSH ochiq chempionatida ham gʻalaba qozongandi.