Gap metabolik sindrom (qandli diabet, semizlik) bilan birga sirrozga olib kelishi mumkin bo'lgan surunkali kasallik haqida bormoqda. Metabolik sindromning rivojlanishi jigar hujayralarida yog' toksik xususiyatni yuzaga keltirib, yallig'lanishni keltirib chiqaradi.
Laboratoriya sichqonlari ustida o'tkazilgan tajriba shuni ko'rsatdiki, omega-3 alkogolsiz steatogepatit xavfini kamaytiradi: uni qabul qilgandan so'ng, kemiruvchilarda jigar fibrozini (chandiq hosil bo'lishi), tsirroz va saraton rivojlanishini qo'zg'atishi mumkin bo'lgan beta-sellyulin darajasi pasaydi, deb xabar beradi lenta.ru.
Tadqiqotchilar bu borada to'plangan tajriba metabolik sindrom va jigar saratonini samarali davolash uchun asqatadi, deb hisoblamoqda.