Soʻnggi yillarda farmakologiya sanoatining taraqqiy qilishi, dori-darmonlar, biologik faol qoʻshimchalar ishlab chiqishga ixtisoslashgan xususiy firmalarning keskin koʻpayishi oqibatida antibiotiklar, biologik faol moddalar, immun va gormonal tizimlariga taʼsir koʻrsatuvchi dori darmonlarning asossiz va keng koʻlamda qoʻllanilishi ham bu boradagi muammolar koʻlamini chuqurlashtirdi.

Yuqoridagi muammolarni hal etish maqsadida Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazining shifokor-allergologlari respublikamizning barcha viloyatlariga har oy chiqishlar qilib, joylardagi muammolarni hal etib, qoʻshimcha maslahatlar va mahorat darslari oʻtkazib kelmoqdalar.

Bu safargi konsultatsiyalar ham allergologiya sohasida muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan yetakchi mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Konsultatsiya doirasida mutaxassislar tomonidan bepul koʻriklar, shuningdek, allergik kasalliklarini aniqlash, ularga oid tavsiyalar olish imkoniyati yaratiladi.

Konsultatsiyalar markaz konsultativ poliklinikasida soat 09:00 dan 16:00 gacha amalga oshiriladi.

Bogʻlanish uchun: +998 71 214 55 06