ALOUDDIN TARIXI
1 oktyabrdan boshlab «Ucell» kompaniyasining abonent hisoblaridan 420 so'mni olib qo'yishi to'g'risida kelgan SMS-xabari iste'molchini taajjubga soldi. Ha, bu miqdor ahamiyatli emas, ammo iste'molchi aniqlik kiritishga qaror qildi – nega? Ta'kidlash muhimki, iste'molchi Ucell abonent «Al-Chiroq» aktsiyasi ishtirokchisi, bu tarmoqda atigi 84 so'mga daqiqalarni, SMS-to'plamlarni yoki internetning megabaytlari taqdim etiladi. Bu xizmat necha kundan buyon mavjud emasligiga qaramay, pul abonent hisobidan chiqarildi. O'z navbatida iste'molchi https://pm.gov.uz/ veb-saytida murojaat qoldirishga qaror qildi, uning tafsilotlari Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan o'rganildi.
420 SO'MDAN 97,5 MILLIONGACHA
Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi mazkur murojaatning barcha tafsilotlarini aniqlashtirish maqsadida “COSCOM” MCHJga xat yubordi, natijada quyidagilar ma'lum bo'ldi:
1. “Al-chiroq” aktsiyasining shartlariga ko'ra, «Ucell» kompaniyasining ro'yxatgan o'tgan abonentlari Kontent-provayderlar tomonidan maxsus ishlab chiqarilgan “First IT-Group” MCHJ mobil` dasturda kuniga 1 so'mdan kunlik abonent to'lovi evaziga bitta xizmatni olish imkoniyati mavjud va 2020 yil 25 avgustdan boshlab aktsiya uchun kunlik abonent to'lovi esa kuniga 84 so'mni tashkil etadi.
2. 2020 yil 30 sentyabrda ish jarayonida uskunalarda nosozlik kelib chiqqan bo'lib, 2020 yilning 5 oktyabrda Kontent-provayder tomonidan nosozlik bartaraf etildi. Mazkur nosozlik tufayli kompaniya abonentlari 2020 yilning 30 sentyabridan 4 oktyabrigacha aktsiya shartlarida ko'zda tutilgan xizmatlardan foydalana olmadilar.
Ushbu masalani o'rganish davomida ma'lum bo'lishicha, murojaat qilgan iste'molchi, hisobidan noqonuniy mablag' echilgan yagona iste'molchi emas.
Aktsiyada 2020 yilning 30 sentyabrdan 4 oktyabrgacha bo'lgan davrda 337 975 ta abonent qatnashgan, ulardan jami 97 432 379,33 so'm miqdorida abonent to'lovi echib olingan.
“Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi Qonunning 21-moddasiga ko'ra, sotuvchi iste'molchini haq evaziga qo'shimcha tovarlar sotib olishga yoki qo'shimcha xizmatlardan foydalanishga qistashga, shuningdek ko'rsatilmagan xizmatlar uchun haq olishga haqli emas.
Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan muammoni hal qilish jarayonida tizimdagi (2020 yilning 30 sentyabrdan 4 oktyabrgacha) uskunalar ishlamay qolganligi sababli aktsiya doirasida ishtirok eta olmagan 337 975 ta abonentining foydalanilmagan xizmat kunlari uchun mablag'lari kompaniya tomonidan to'liq qaytarib berildi va bu 97 432 379,33 so'mni tashkil etadi.
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining axborot xizmati.