1993-yildan buyon har ikki yilda oʻtkazib kelinayotgan turnirda oʻtgan davr mobaynida dunyoning eng nomdor polvonlari kuch sinashgan.

Joriy yilgi musobaqada hozircha 26 davlatdan 50 nafardan ortiq sportchi ishtirok etish istagini bildirgani ham turnirning nufuzi ortib borayotganidan dalolatdir.

Turnir erkaklar oʻrtasida 60, 66, 73, 81, 90 kg., ayollar oʻrtasida 48, 57, 63, 70, +70 kg. va mutlaq vazn toifalarida boʻlib oʻtadi.

Turnirning mukofot jamgʻarmasi 100 ming dollar boʻlib, 10 ta vazn toifasidagi bellashuvlar gʻoliblariga birinchi oʻrinlar uchun 3 000 dollar, ikkinchi oʻrinlar uchun 2 000 dollar, ikkita uchinchi oʻrinlar uchun 1 000 dollardan jami 70 000 dollar taqdim etiladi.

Mutlaq vaznda gʻolib boʻlgan polvon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini – 10 000 dollarga sazovor boʻladi. Ikkinchi oʻrin sohibi 5 000 dollar, ikkita uchinchi oʻrin sohiblari 3,5 000 dollardan jami 22 000 dollar miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Uchinchi oʻrin sohiblaridan keyingi 4 nafar ishtirokchining har biriga esa 2 000 dollardan jami 8 000 dollar pul mukofoti taʼsis etilgan.