Tadqiqotda 110 kishi ishtirok etdi, ular uch guruhga bo'lindi: sog'lom yosh ishtirokchilar (31 kishi), sog'lom keksa ishtirokchilar (36 kishi) va o'rtacha kognitiv nuqsoni bo'lgan bemorlar (43 kishi). Ulardan virtual reallik ko'zoynaklarini taqib, topshiriqlarni bajarish so'raldi. Xususan, ular raqamlangan konuslar tomonidan boshqariladigan ma'lum bir yo'nalishni kuzatishlari kerak edi. VR-texnologiyasi uch xil atrof-muhit sharoitlarini hosil qildi.
Ma'lum bo'lishicha, Alsgeymer kasalligining dastlabki bosqichida bo'lgan odamlar yo'nalishdagi burilishlarni doimiy ravishda noto'g'ri baholashgan. Sog'lom keksa ishtirokchilar yoki engil kognitiv buzilishlari bo'lgan odamlarda shunga o'xshash holat kuzatilmadi. Tadqiqot natijalari navigatsiyadagi xatolar Alsgeymer kasalligiga xos ekanini va sog'lom qarish yoki umumiy kognitiv pasayish bilan bog'liq emasligini ko'rsatdi, deb xabar beradi lenta.ru.