Laziz Kudratovning kompaniya rahbari Husayn al-Novais bilan uchrashuvida Buxoro, Navoiy viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida energetika sohasidagi loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
2016-yilda tashkil etilgan «AMEA Power» qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarish yo‘nalishida mintaqadagi tez rivojlanayotgan kompaniyalaridan biridir. U 20 ta mamlakatda umumiy quvvati 6 GVt dan ortiq bo‘lgan loyihalarni amalga oshiriyub kelyapti, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat vqa savdo vazirligi matbuot xizmati.