Muallif Oʻzbekistonda oʻzbek paxtasiga nisbatan xalqaro boykotning tugatilishiga olib kelgan tizimli majburiy va bolalar mehnatiga barham berilganiga eʼtibor qaratadi. Bundan tashqari, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish borasidagi ishlar oddiy fuqarolar hayotiga ijobiy taʼsir koʻrsatayotgani, korxonalar ishini yengillashtirgani alohida taʼkidlangan.
Hukumatning makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, xususiy sektorni qoʻllab-quvvatlash orqali tarkibiy oʻzgarishlarni taʼminlash, iqtisodiyotda davlat rolini kamaytirish boʻyicha saʼy-harakatlari qoʻllab-quvvatlanmoqda.
Maqolada Amerika biznesi Oʻzbekistondagi xususiy sektor bilan hamkorlik qilishga chaqirilmoqda, bu esa mamlakatda barqaror iqtisodiy oʻzgarishlar uchun katalizator boʻlishi mumkin. Oʻzbekiston bilan oʻzaro savdo-sotiqni kengaytirish va mamlakatga sarmoya kiritish AQSH manfaatlariga mos kelishi taʼkidlanmoqda.