Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, og‘irligi 31,1 gramm bo‘lgan tangalar ikki xil dizaynda ishlab chiqarilgan. Shuningdek, xuddi shu vazndagi uchta tangadan iborat suvenir to‘plamlar ham taqdim etilgan.
Tangalar 999,9 probali oltin va kumushdan tayyorlangan bo‘lib, yuqori kollektsion qiymatga ega. Ularda Sohibqiron Amir Temur tasviri aks ettirilgan, shu bilan birga “Temur tuzuklari”dan iqtiboslar ham o‘yib yozilgan.
Qayd etilishicha, kun davomida tangalar narxi xalqaro qimmatbaho metallar bozoridagi o‘zgarishlarga qarab yangilanishi mumkin. Tangalarining joriy narxi va mavjudligi haqidagi ma’lumotlar Markaziy bankning rasmiy manbalarida har kuni e’lon qilib boriladi.