Bu Amir temurning taxti hisoblangan. Amir Temurdan boshlab 1861-yilda bu toshga oʻtirgan Amir Muzaffarga qadar Koʻktosh Koʻksaroyda saqlangan.
Kimki Movarounnahrga hukmdor boʻlsa, Koʻktoshga oʻtirgan va hukm surgan.
Bu toshga kimlar oʻtirmagan deysiz: Temur, Ulugʻbek, Abu Said, Bobur, Shayboniy, Abdullaxon, Boqi Muhammad, Imomqulixon va hatto Nodirshoh...
Bu ulugʻ hukmdorlar taxti rus va sovet zamonasida eʼtibordan qolgan va Goʻri Amirga keltirib tashlangan. Koʻktosh Amir Temurning Koʻksaroyidan qolgan noyob buyumlardan.