“O'zbekneftgaz” AJ  tizimidagi barcha boshqarma va korxonalarning ishlab chiqarish ob'ektlaridagi sanoat va ekologiya xavfsizligi, sog'liqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi holati bo'yicha monitoring nazorat tekshiruvi o'tkazilyapti.

Jumladan, Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida joylashgan Vodiy neft` va gazni qazib chiqarish boshqarmasi, “Andijon neft` bazasi” MCHJ, “To'raqurg'on neft` bazasi” MCHJ, Farg'ona viloyatidagi O'zbekiston harbiylashtirilgan qismi bo'linmasi, “UNG Petro” MCHJ, “Farg'ona neft` bazasi” MCHJ hamda ularning filiallarining sanoat va ekologiya xavfsizligi, sog'liqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi holatlari o'rganildi.

O'tkazilgan 4-pog'ona nazorat tekshiruv natijalariga asosan sanoat xavfsizligi yo'nalishida 88 ta, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi yo'nalishida 112 ta, gaz xavfsizligi yo'nalishida 8 ta, yong'in xavfsizligi yo'nalishida 31 ta, elektr xavfsizligi yo'nalishida 72 ta, atrof-muhit muhofazasi yo'nalishida 34 hamda xavfsizlik madaniyatini rivojlantirish va risk bilan ishlash yo'nalishi bo'yicha 29 ta kamchiliklar aniqlandi.

Tekshiruv natijalariga ko'ra sanoat va ekologiya xavfsizligi, sog'liqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi holati bo'yicha bir qancha kamchiliklarga yo'l quygan 17 nafar xodimlarga chora ko'rildi va 4 nafar xodimlar rag'batlantirildi.

Monitoring jarayonida mutaxasslarga ishlarni tashkil etish, sanoat va ekologiya xavfsizligi, sog'liqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi, energetika va mexanika yo'nalishlarida amaliy yordam berildi.

O'rganishlar natijasida yuzaga kelgan kamchilik va nomuvofiqliklarni bartaraf etish bo'yicha chora-tadbirlar tuzildi. CHora-tadbirlarning o'z vaqtida bajarilishi yuzasidan boshqarma va korxonalar mas'ul xodimlariga topshiriqlar berildi.

elbek SHOMURADOV,

Sog'liqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi bo'limi boshlig'i .