Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “E.” xususiy korxonasi savdo menejeri va omborchisi vazifasida ishlagan J.F. oʻziga ishonib topshirilgan 819,5 mln soʻmlik qurilish materiallarini oʻzlashtirish va rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.