Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Elektron toʻlov turlaridan foydalanuvchi yoʻlovchilar yoʻl haqi toʻlovini 2100 soʻm evaziga amalga oshirishi mumkin.

Yoʻlovchilarga toʻlovni

  • bank kartalari,
  • mobil ilovalar,
  • ATTO transport va virtual kartalari orqali amalga oshirish tavsiya qilinmoqda.

Yoʻl haqini naqd pul bilan toʻlash uchun bevosita bekatlar va ularga yaqin hududlarda oʻrnatilgan Paynet, MultiPay yoki Oson infokiosklaridan 3000 soʻm evaziga bir martalik QR-chipta xarid qilish zarur boʻladi.