Viloyatga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalasi koʻrib chiqildi.
Andijon xitoylik investorlar bilan 3 milliard dollarlik 30 dan ortiq kelishuv imzolagan. Ular energetika, elektrotexnika, qurilish materiallari, farmatsevtika, mashinasozlik, qishloq xoʻjaligi va toʻqimachilikdagi loyihalarni tezroq boshlashga tayyor.
Buning uchun Andijon tumanida 218 gektarda “Ipak yoʻli” erkin iqtisodiy zonasi tashkil qilinadi.
Investorlarga erkin iqtisodiy zonalar uchun belgilangan barcha soliq va bojxona imtiyozlari beriladi. Yer uchastkalarini ijaraga berishdan tushgan mablagʻlar bu yerdagi infratuzilmani rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.