Andijon va Fargʻonada “valyutchik“lar ushlandi

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Andijon va Fargʻona viloyatlarida noqonuniy valyuta oldi-sotdisi bilan shugʻullanish holatlari fosh etildi.

    Buloqboshi tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan N.O. fuqaro S.Q.dan 4 000 AQSH dollarini 51,7 mln soʻmga sotib olgan vaqtida ushlanib, uning yonidan 586 AQSH dollari, 14 750 Rossiya rubli, 4 770 Qirgʻiz somi va 74,8 mln soʻm pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.

    Shuningdek, Departamentning Bagʻdod tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan S.A. fuqaro M.X.ga 4 000 AQSH dollarini 52 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.