Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasidagi Interpolning Milliy markaziy byurosi xabar berdi.

Interpolning Toshkent va Abu-Dabi Milliy markaziy byurolarining yaqin hamkorligi natijasida firibgarlik jinoyatini sodir etgani uchun xalqaro qidiruvda boʻlgan shaxs ekstraditsiya qilindi.

Ushbu jarayon ikki davlat vakolatli organlari oʻrtasidagi muvofiqlashtirilgan faoliyat hamda Interpol kanallaridan foydalangan holdagi samarali hamkorlik tufayli amalga oshirildi. «Keyingi vaqtlarda xorijiy davlatlardan ekstraditsiya qilinayotgan shaxslar sonining oshishi Milliy markaziy byurolar oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan barqaror aloqalar va xalqaro kelishuvlarga qatʼiy rioya etilayotgani natijasidir«, — deyiladi xabarda.

Mazkur tadbir transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashish va javobgarlikning muqarrarligini taʼminlashga qaratilgan boʻlib, hozirda fuqaro qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun vakolatli organlarga topshirilgan.