Andijon va Samarqandda “valyutchik“ lar ushlandi

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boʻlimlari hamda IIB xodimlari hamkorligida Andijon va Samarqand viloyatlarida noqonuniy valyuta ayirboshlash holatlarini aniqlashga qaratilgan tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar X.Yu. va X.M. jami 3 800 AQSH dollarini 49,4 mln soʻmga, fuqaro A.F. 3 700 AQSH dollarini 48,5 mln soʻmga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Shuningdek, Departamentning Jondor tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirida valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan M.B. fuqaro M.X.ga 3 200 AQSH dollarini 41,1 mln soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177 moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.