“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Andijon viloyatining Shahrixon, Baliqchi, Boʻston va Ulugʻnor tumanlari isteʼmolchilarining elektr taʼminotini yanada yaxshilash maqsadida uzunligi 14 kilometr boʻlgan 220 kV kuchlanishli yangi elektr uzatish tarmogʻi va yuqori kuchlanishli “Saroy” podstansiyasi qurib bitkazildi.
Bugun, 14-noyabr kuni mazkur podstansiyaning birinchi transformatoriga kuchlanish berildi. Ayni vaqtda podstansiya barqaror ishlamoqda.
Yangi podstansiyaning ishga tushishi natijasida 220 kV kuchlanishli “Xakan” podstansiyasining yuklamasi 100 MVtga yengillashadi. Bu esa, oʻz navbatida, ushbu podstansiyaning barqaror ishlashini taʼminlaydi.