Unda Andijon davlat tibbiyot instituti kafedra dotsenti G.Q. dastlab fuqaro Sh.B.ni mazkur institutga oʻqishga kiritib qoʻyishga vaʼda berib 8000 AQSH dollari talab qilgani, biroq hujjat topshirish muddati oʻtganligini maʼlum qilib, Qirgʻiziston Respublikasi Osh davlat universitetiga oʻqishga kiritish evaziga talab qilingan pullardan 2 000 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan kafedra dotsenti G.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.