Ushbu koʻchaning 400 metr qismiga jami 53 milliard soʻmlik 129 ta loyiha shakllantirilib, 1 ming 450 ta yangi ishchi oʻrni yaratish belgilandi. Mazkur koʻchada salqin ichimliklar, milliy hunarmandchilik savdo majmuasi, velosiped ijara xizmati, shirinliklar, muzqaymoq doʻkoni, umumiy ovqatlanish shoxobchasi va bolalar atraksionlari tashkil etish rejalashtirildi.
Shuningdek, Andijon tumanida Chem-Bogʻishamol, Asaka tumanida Navroʻz, Baliqchi tumanida Baliqchi shoh, Buloqboshi tumanida M. Ismoiliy, Boʻston tumanida Mustaqillik, Jalaquduq tumanida Visol, Izboskan tumanida Beshchinor, Marhamat tumanida Mustaqillik, Oltinkoʻl tumanida Chinobod, Paxtaobod tumanida Yuqori, Qoʻrgʻontepa tumanida Andijon, Shahrixon tumanida Hamza, Ulugʻnor tumanida Margʻilon va Xonobod shahrida Yangi loyihaviy koʻchalarida ham savdo va koʻngilochar hududlar tashkil etilyapti, deya xabar beradi Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati.