Aniqlanishicha, joriy yilning 7-mart kuni soat 12:10 larda Paxtaobod tumanidagi “Istirohat bogʻi” hududida shu tumanda yashovchi fuqarolar 2002-yilda tugʻilgan M.M va 1995-yilda tugʻilgan X.N. jamoat joyida yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan oʻzaro bir-birini soʻkib haqorat qilib, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan.
Oradan bir kun oʻtib, 8-mart kuni soat 17:30 larda fuqaro M.M X.N.ni Paxtaobod tumani Z.Xabibiy MFY hududida koʻrib qolib, bir kun avval nima sababdan haqorat qilganligini aytgan vaqtida ular oʻrtasida oʻzaro janjal kelib chiqqan. Mazkur janjalga guvoh boʻlgan bir nechta fuqarolar kelib ularni ajratishgan.
Mazkur holat yuzasidan Paxtaobod tumani IIB xodimlari tomonidan fuqarolar M.A va X.N.larga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasi tartibida tergovga qadar tekshiruv hujjatlari rasmiylashtirilib, qonuniy chora koʻrishlik uchun jinoyat ishlari boʻyicha Paxtaobod tumani sudiga yuborilgan.