Joriy yil 5-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Izboskan tumani Poytug‘ shahridagi Oybek mahallasida kamida 50-60 yillik ulkan daraxtlar kesib tashlanibdi” sarlavhali xabarlar tarqaldi. Holatga Tabiat resurslari vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, Tabiat resurslari vazirligi Andijon viloyati boshqarmasi, Ichki ishlar boshqarmasi hamda Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda voqea joyida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida Andijon viloyati, Izboskan tumani, "Oybek" mahalla fuqarolari yig‘ini, "Milliy qadriyat" ko‘chasi, 17-uy oldida joylashgan 3 (uch) tup chinor daraxti tegishli ruxsatnomalarsiz kesib yuborilganligi aniqlandi.
Huququbuzarlar o‘simlik dunyosiga 131 400 000 so‘m miqdorida zarar yetkazgan, holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish maqsadida Izboskan tuman prokuraturasiga yuborildi.