Andijonda Davlat xizmatlari markazining yangi binosi ochildi

    Bu yerda 190 ga yaqin davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

    Jalaquduq tumani Davlat xizmatlari markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

    Mazkur markazning avvalgi binosi oʻta taʼmirtalab holga kelib qolgani sabab, koʻzda tutilgan standartlarga javob bermas, fuqarolarga noqulayliklar tugʻdirayotgan edi.

    Inshoot qurilishida binoning zamonaviy shaharsozlik meʼyorlarga mos kelishiga alohida eʼtibor qaratilgan. Markazda elektron navbat tizimi, maʼlumotlar kioskasi, oʻz-oʻziga elektron xizmatlar olish burchagi, investorlar, ID-karta va xorijga chiqish biometrik pasportini berish xonasi, bank shoxobchasi joylashgan.

    Markazga kelgan fuqarolar erkin davlat xizmatlaridan foydalanishi, turli imkoniyatlar haqida bilishi uchun maʼlumotnoma stendlari va koʻrgazmali plakatlar oʻrnatilgan.

    Bu yerda 190 ga yaqin davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

    Kutish zallariga oʻrnatilgan monitorlarda davlat xizmatlari olish tartibi haqida maʼlumot beruvchi videoroliklar aylanib turibdi .

    Markaz aholining barcha qatlamlariga, shu asnoda, yosh bolali ayollar, turli toifadagi nogironligi boʻlgan shaxslar, yoshlar va faxriylarga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan.

    Binoda adliya boʻlimi, yuridik xizmat koʻrsatish markazi, Fuqarolik holati dalolatnomasini yozish (FHDYO) boʻlimi va Davlat xizmatlari markazi joylashgan. Bu tuman aholisi juda qulay. Ushbu markaz viloyatda foydalanishga topshirilgan davlat xizmatlari markazining oʻn oltinchisi.